06:55 / 22.01.2020
2 841

Floyd Meyvezer va Xabib Nurmagomedovning ehtimoliy jang shartlari qanday?

Floyd Meyvezer va Xabib Nurmagomedovning ehtimoliy jang shartlari qanday?
UFC ning yengil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazish taklifiga munosabat bildirdi.

"Meyvezer hisobida mag‘lubiyatsiz 50 ta g‘alabali seriya mavjud. U boksdagi eng zo‘rlaridan. U bitta jangda yutqazmagan raqib bilan jang qilishni istaydi. Xabib yaxshi variant, ammo hozir bizda Toni Fergyuson bor.

Biz bu jangni ancha oldin e’lon qilgan edik: Toni bilan hisob-kitobni yakunlaymiz, shundan keyin Lomachenko bilan olti oy ishlaymiz va keyin boks jangi bo‘ladi.

Biz o‘z shartimizni taklif qilamiz: boksda 11 raund va bir raund aralash yakkakurash turlarida, agar biz eng yaxshi bokschiga qarshi 11 raund tursak, unda nega biz bilan MMA qoidalariga binoan bitta raundga chiqmasligi kerak? Ammo hamma ishlar Tonidan keyin bo‘ladi
”, - dedi Nurmagomedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Floyd Meyvezer va Xabib Nurmagomedovning ehtimoliy jang shartlari qanday?