12:50 / 26.01.2020
2 756

"Nasaf"da Levandovskining vatandoshi ko‘rikdan o‘tmoqda

"Nasaf"da Levandovskining vatandoshi ko‘rikdan o‘tmoqda
Tojikistonning "Regar-TadAZ" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazgan Qashqadaryoning "Nasaf" klubi safida polshalik Maykl Pavlik ko‘rikdan o‘tmoqda.

Agar Yevropadan kelgan futbolchi Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ma’qul kelsa, Superliganing yangi mavsumida Polshadan kelgan futbolchi to‘p surishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Pavlik 1995 yilning 8 may kunida tavallud topgan. Ampluasi markaziy himoyachi. Faoliyati davomida "Ullensaker"/"Kisa" IL (Norvegiya), "Yagelloniya" Belostok (Polsha) va "Xrobi Glogu" (Polsha) klublarida to‘p surgan.

Manba: "Nasaf" klubi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"da Levandovskining vatandoshi ko‘rikdan o‘tmoqda