19:30 / 05.02.2020
2 940

Rossiya JCH-2022ga qo‘yilmasligi haqida xat olgani rostmi?

Rossiya JCH-2022ga qo‘yilmasligi haqida xat olgani rostmi?
Foto: Laurence Griffiths/Getty Images
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani 2022 yilgi jahon chempionatiga qo‘yilmasligi to‘g‘risida xabardor qilgan. Bu haqda yirik sport telekanallaridan biri sanalmish Qatarning BeIN Sports kanalining «tvitter»dagi sahifasida xabar berilgan deb yozadi Kun.uz nashri.

Avvalroq, Britaniya OAVlari Rossiya milliy jamoasi JCH-2022 saralashini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final bosqichiga yo‘llanma olgan taqdirda ham, Qatardagi turnirda bayrog‘i va madhiyasidan foydalanish huquqidan mahrum etilishi haqida xabar tarqatgandi.
Shuningdek, ushbu taqiqlar jahon chempionatidan tashqari Olimpiada o‘yinlariga ham ta’sir qilishi to‘g‘risida xabar berilgan.

O‘z navbatida Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) BeIN Sports xabarini rad etib chiqdi.
«Biz Butunjahon antidoping agentligidan (WADA) Rossiya milliy jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligi borasida hech qanday bildirishnoma olganimiz yo‘q», - deyiladi RFI rasmiy bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya JCH-2022ga qo‘yilmasligi haqida xat olgani rostmi?