23:18 / 05.02.2020
2 952

«U gol urish uchun yashaydi». Dunyo futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu haqida

«U gol urish uchun yashaydi». Dunyo futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu haqida
Foto: Yahoo
Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri, «Yuventus» hamda Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu, bugun, 5 fevral kuni, o‘zining 35 yoshini qarshi oldi.
Biz esa Ronaldu haqida bildirilgan eng sara fikrlarni bir sahifaga joyladik.

— Qachondir men ishlagan futbolchilar orasida, shubhasiz, eng iste’dodlisi Krishtianu Ronaldudir. U «Yunayted»ning barcha buyuk o‘yinchilarini ortda qoldirib ketdi. U bilan klubning faqat ikki tarbiyalanuvchisini qiyoslash mumkin — Pol Skoulz va Rayan Giggz. Chunki ular ham ikki o‘n yillikda yuqori darajada to‘p sura olgan.
Aleks Fergyuson, «Manchester Yunayted» sobiq ustozi


— «Sporting»ni boshqargan vaqtimda, Ronalduga doim maydonda bo‘lishini aytardim. Biroq shu bilan birga ba’zi bir fintlarini tashlash kerakligini ham ta’kidlardim. Shuningdek, o‘z o‘yinini qaysi jihatlarini kuchaytirish kerakligini ham. Ertasi kuni mashg‘ulotlarga keldim. Va bu borada birinchi bo‘ldim deb o‘yladim. Qarasam, Ronaldu ikki jamoadagi do‘stlari bilan mashg‘ulot olib borayotgan ekan.
Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi


— Ronalduning hozirgi darajasi tabiat bergan iqtidor emas, balki og‘ir mashaqqatli mehnatlar mahsulidir.
Zlatan Ibragimovich, «Milan» hujumchisi


— Kim Ronaldu ham nima demasin, u buyuk, shunchaki buyuk futbolchi! Ronaldudan ko‘ra, balandroq sakray olgan futbolchini ko‘rgan emasman. Fenomenal sportchi.
Gari Lineker, Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi


Ronaldu — futbol boyligi. Kimga futbol yoqsa, unga Ronalduning o‘yini ham yoqadi.
Diyego Maradona, futbol afsonasi


— Messi Ronaldu borligi uchun, Ronaldu esa Messi borligi uchun eng yaxshi bo‘lishga erishdi.
Karlo Anchelotti, «Everton» bosh murabbiyi


— Kiyinish xonasida oyna haqida gap ochilmasdan oldin u bilan birga bo‘lish yoqimli va ajoyib edi. Ronalduga qadar «Manchester Yunayted»da oyna oldi Devid Bekhemga tegishli. Beksdan keyin uning o‘rni Ronalduga tegdi. Krish oyna oldiga kelgan vaqti boshqalar uning oldiga kelish haqida o‘ylamasdi ham. Juda ham ko‘p kutishga to‘g‘ri kelardi.
Rayan Giggz, Uels terma jamoasi ustozi


— Ronaldu gollar urish uchun yashaydi.
Marselo, «Real» himoyachisi


— Ronaldu qoyilmaqom inson. Maydondan tashqari u hammaga yordam berishga harakat qiladi, ayniqsa bolalarga. Uning shaxsiyatida hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan xususiyatlar bor. Odamlar aslida haqiqiy Ronaldu kim ekanligini deyarli bilmaydi. U har kuni rivojlanish uchun tinmay mehnat qiladi. Shu bilan birga u juda ham saxiy inson.
Raul Albiol, «Vilyarreal» himoyachisi


— Agar Ronalduda jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, u bemalol 41 yoshgacha o‘ynashi mumkin. Ronalduning boshqa futbolchilardan ajralib turadi deb aytishni xohlamasdim, biroq unda o‘ziga xos xususiyatlar bor. U hech qachon tezligi past o‘yinchi bo‘lmaydi. Aslida yillar o‘tib futbolchilarda tezlik yo‘qoladi. U esa shunchaki raqib darvozasiga yaqinroq hududda o‘ynashni boshlaydi.
Joau Arozu, Portugaliya terma jamoasining jismoniy tayyorgarliklar bo‘yicha murabbiyi


— Uning amalga oshirayotgan ishlari aql bovar qilmas darajada hayratlanarli. Uning Chempionlar Ligasidagi rekordlarini aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi.
Rio Ferdinand, «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi


— Men mashg‘ulot o‘tkazardim, chunki shunga majbur edim. U esa mashg‘ulot o‘tkazadi, chunki bu unga yoqadi.
Ronaldo, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi


— Ronaldu Useyn Bolt hamda Rojer Federerga o‘xshaydi. U o‘zga sayyoradan.
Jorjio Kellini, «Yuventus» himoyachisi


— Krishtianu qoyilmaqom futbolchi. U «Real» uchun sanoqsiz gollar urdi. Endi bu ishni Italiyada ham davom ettirmoqda.
Garet Beyl, «Real» vingeri


— Ronaldu futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilar beshligiga kiradi. Uning iqtidoriga hech qanday shubha yo‘q.
Romario, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi


— Albatta, Ronaldu hozir menga yetishmayapti. U Madridni yanada kuchli qilgan edi. Avval ham «Real» uning ketishini his qilishini aytgandim. Uning ketishini his qilmaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. Kimningdir jahli chiqishi mumkin. Ammo haqiqat shunday. U mavsum davomida 50 talab gol urardi. Bu esa hal qiluvchi rolni o‘ynashi tabiiy edi. Butun La Ligaga Ronaldu yetishmayapti. Boisi, ajoyib o‘yinchilar doim qiziqarli raqobatni vujudga keltiradi.
Lionel Messi, «Barselona» hujumchisi


— Ronalduni «Real» tarixidagi eng yaxshi futbolchi desak hech qanday bo‘rttirish yoki mubolag‘a bo‘lmaydi. «Real»ning hech bir o‘yinchisi klubda hech qachon Ronaldu erishgan natijalarga erisha olmaydi. Krishtianu o‘zga sayyoradan. U bor, demak, gol ham bor. Noyob futbolchi.
Zinedin Zidan, «Real» bosh murabbiyi


Asror Abdunazarov tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «U gol urish uchun yashaydi». Dunyo futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu haqida