06:30 / 13.02.2020
3 269

Zoyir Mirzayev: Nega Qashqadaryo futbolchilari boshqa viloyatda o‘ynashi kerak?

Zoyir Mirzayev: Nega Qashqadaryo futbolchilari boshqa viloyatda o‘ynashi kerak?
Kecha Qashqadaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev futbol klublarining faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Nasafnews nashri xabar berdi.

Nega Qashqadaryo futbolchilari boshqa viloyatda, boshqa viloyat futbolchilari Qashqadaryoda o‘ynashi kerak. Nima ish qilayapti futbol federatsiyasi? Futbolda hamma joy tanish-bilishchilik. Hamma o‘yin stadion ichida emas, stadion orqasida bo‘layapti. Viloyatdagi 3 ta futbol klubining har bir xodimi bilan gaplashamiz, nazorat qilamiz, - deydi Zoyir Mirzayev.

Shuningdek, Zoyir Mirzayev futbolchilarni Qashqadaryoda tayyorlash kerakligi, boshqa mamlakatdan futbolchi sotib olinmasligini ta’kidlagan. Bu borada barcha futbol akademiyalari va sport maktablari faoliyatini jiddiy nazorat qilishini aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zoyir Mirzayev: Nega Qashqadaryo futbolchilari boshqa viloyatda o‘ynashi kerak?