2 720
Mbappe: “Zidanning avtomobiliga chiqqach, undan: “oyoq kiyimimni yechishim kerakmi?”, deb so‘raganman”
PSJ forvardi Kilian Mbappe yoshligida bo‘lgan voqealarni esga oldi.
“Dam olish kunlari meni “Real”da mashg‘ulot o‘tkazishga taklif qilishgani misoli Oyga parvozdek edi, u yerga borishni juda ham xohlardim. O‘yinlarimizni ko‘rish uchun har xil skautlar kelib turishardi, men haqimda OAVda ham oz-moz yozishgan, ammo 13 yoshligimda ular oldida o‘zimni qanday tutishim kerakligini bilmas edim.
Zidan bilan uchrashuvimizni esa hech qachon yodimdan chiqarmayman. Aeroportga yetib kelganimizdan keyin, avtoturargohda bizni Zidan kutib oldi va bazaga olib borishni taklif etdi. Avtomobilga chiqqach, undan “oyoq kiyimimni yechishim kerakmi?”, deb so‘raganman. Nega bunday deganimni bilmayman, lekin bu Zidanning mashinasi edi, men esa orzuim ushaldi deb o‘yladim”, – deydi Kilian Mbappe. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi