21:39 / 07.03.2020
2 628

Vadim Abramov: "Bugun juda yomon o‘ynadik"

Vadim Abramov: "Bugun juda yomon o‘ynadik"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Mash’al» (1:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- To‘g‘risi, hech qachon bugungidek yomon o‘yin ko‘rsatmagandik. Juda ko‘p xato qildikki, bugun hisobdan boshqa narsa qoniqtirmadi. Hatto birinchi bo‘limda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Ikkinchi bo‘limdaku, umuman xatolar ko‘payib ketdi. Buni ruhiy holat bilan bog‘lagan bo‘lardim.

Ya’ni, hisob 1:0 bo‘lib turganida va raqib bosim uyushtirayotganida bir marta xato qilgan futbolchi yana o‘sha xatoni qilmaslik bosimida harakat qiladi, lekin xatolari ko‘payib ketadi. Bugun hisobni ushlab qolish uchun o‘ynamadik. Aytganimdek, bizni xatolarimiz ko‘payib ketdi.

Juda yomon harakat qildik. Qolaversa, yutqazayotgan jamoa hujumkorlikni oshiradi, bu tabiiy hol. Mirahmadov o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qilmagani uchun Ikromovni maydonga tushirgandik, lekin u ham o‘ziga o‘xshamadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Bugun juda yomon o‘ynadik"