22:23 / 09.03.2020
2 653

Mirazizbek Mirzahalilov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Mirazizbek Mirzahalilov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
-57 kg vazn toifasidagi bokschimiz, amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov ham Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning chorak finalida ringga ko‘tarildi.

U gongkonglik Sing Yu Soga qarshi jang qildi. Ushbu vazn toifasiga 6 ta yo‘llanma berilgan bo‘lib, jang g‘olibi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya naqd bo‘lardi. Mag‘lubiyatga uchragan bokschi qoidaga ko‘ra yana bitta jang o‘tkazib, yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lardi.

Har uch raundda ajoyib harakat qilgan yurtdoshimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritish barobarida yarim finalga ham yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirazizbek Mirzahalilov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi