22:50 / 10.03.2020
2 532

Mirazizbek Mirzaxalilov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi

Mirazizbek Mirzaxalilov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi
Iordaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha litsenzion turnirning kechki dasturidan o‘rin olgan yarim final bosqichida -57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Mirazizbek Mirzaxalilov ham o‘z jangini o‘tkazdi.

U qozog‘istonlik Serik Temirjonovga qarshi ringga ko‘tarildi. Ma’lumki, Mirzaxalilov Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritib ulgurgan.

Lekin yon qo‘shnilarimiz bilan o‘ziga xos bo‘lgan raqobat tufayli jangning qiziqarli o‘tishi kutilayotgan edi. Darhaqiqat, shunday ham bo‘ldi. Jang chiroyli va shiddatli kechdi. Yakunda, 5:0 hisobidagi ajoyib g‘alabaga erishgan Mirazizbek turnir finaliga yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirazizbek Mirzaxalilov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi