22:55 / 04.04.2020
2 952

Kaka: «Ronaldu ajoyib futbolchi, biroq men Messini tanlayman»

Kaka: «Ronaldu ajoyib futbolchi, biroq men Messini tanlayman»
Foto: Gool FM
Braziliyalik futbol afsonalaridan biri Kaka «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu hamda «Barselona» vakili Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Krishtianu bilan birga to‘p tepganman. Haqiqatan ham ajoyib futbolchi, ammo men Messini tanlayman. U haqiqiy daho, tug‘ma iste’dod. Leo qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatmoqda.

Ronaldu — mashina. U shunchaki kuchli bo‘libgina qolmay tezkor hamdir. Unda metin mentalitet bor. Krish har doim g‘alaba qozonishni va eng yaxshi bo‘lishni xohlaydi. Bu esa odamni hayratlantiradi.

Sport tarixida Messi va Ronaldu eng kuchli beshlikdan o‘rin oladi. Ularning o‘yinlarini kuzatish esa bizning baxtimiz borligidan, omadimiz kulganidan dalolat beradi», — deydi Kaka.

Ma’lumot uchun, Kaka 2009—2013 yillarda «Real» safida Ronaldu bilan birga to‘p tepgan. Braziliyalik professional futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kaka: «Ronaldu ajoyib futbolchi, biroq men Messini tanlayman»