07:40 / 17.05.2020
1 701

Neymar: “Sport formamni bir maromda ushlashga intilayapman, ammo bu oson emas”

Neymar: “Sport formamni bir maromda ushlashga intilayapman, ammo bu oson emas”
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar ayni paytda Braziliyada va u karantin davrida individual mashg‘ulotlar o‘tkazayotganligini haqida gapirdi.

“Karantin davrini oilam davrasida o‘tkazishni reja qilganman. Ammo har kuni mashg‘ulotlarni davom ettirayapman. Sport formamni saqlab qolishga intilayapman, ammo bu oson emas. Hali oldimda ko‘plab muhim o‘yinlar br, shu bois mashg‘ulotlarni to‘xtatish haqida o‘ylayotganim ham yo‘q. Men jamoa bilan qay tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazgan bo‘lsam, o‘sha ritmda individual mashg‘ulot o‘tkazib kelayapman. Bu mashqlarni maksimal tarzda, astoydil bajarishga intilayapman. Odatiy futbol uchrashuvlarini sog‘indim, ammo murabbiylarimizing biz uchun tayyorlagan dasturlarini bajarishni kanda qilganim yo‘q”, deya Neymarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.

Fransiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakuniga yetkazilgan va PSJ mamlakat chempioni deya e’lon qilingan. Ammo Tuxel jamoasi YECHL ¼ finalida o‘z yurishini davom ettirmoqda. Ushbu turnir UYEFA tomonidan avgust oyida davom ettirilishi mo‘ljallangan.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar: “Sport formamni bir maromda ushlashga intilayapman, ammo bu oson emas”