18:50 / 13.06.2020
2 264

Masharipovdan Golbangacha. Superliganing eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa

Masharipovdan Golbangacha. Superliganing eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa
Koronavirus pandemiyasi sabab mart oyida to‘xtab qolgan Superliga bahslari uch oylik tanaffusdan so‘ng davom etadi.

Foto: Transfermarkt
13 iyun kuni musobaqaning 4-turi boshlab beriladi. Mavsum restartidan avval O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’tiboringiz havola etamiz.

Transfermarkt ma’lumotlari asosida tuzilgan mazkur ramziy terma jamoadan 8 nafar «Paxtakor» futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, bir nafardan «Navbahor», OKMK va «Lokomotiv»ning legioner futbolchilari terma jamoadan o‘rin oldi. Uning umumiy qiymati 8,45 million yevroga teng bo‘ldi.

Ramziy terma jamoadagi eng qimmat o‘yinchi «Paxtakor» qanot hujumchisi Jaloliddin Masharipov bo‘ldi. Nemis portali futbolchini 1,4 million yevroga baholagan.

Superliganing eng qimmat o‘yinchilaridan iborat ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»);
Himoyachilar: Farruh Sayfiyev («Paxtakor»), Igor Golban («Navbahor»), Yegor Krimes («Paxtakor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»);
Yarim himoyachilar: Yovan Jokich (OKMK), Kaxi Maxaradze («Lokomotiv»), Odil Hamrobekov («Paxtakor»);
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Doston Hamdamov («Paxtakor»), Igor Sergeyev («Paxtakor»).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipovdan Golbangacha. Superliganing eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa