13:08 / 19.06.2020
1 569

Superliga. Bugun Toshkent derbisi va "Qizilqum" Qo‘qonda mehmon bo‘ladi

Superliga. Bugun Toshkent derbisi va "Qizilqum" Qo‘qonda mehmon bo‘ladi
Bugun Coca Cola Superligasida 5-tur o‘yinlari start oladi.

Coca Cola Superliga. 5-tur
19 iyun, juma
19:00 - “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum”

Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Xusan Nabiyev, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev
Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Restartni mag‘lubiyat bilan boshlagan ikki klub o‘rtasidagi bahs. Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 18 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 6tasida qo‘qonliklar, 11tasida navoiyliklarning qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. O‘tgan mavsum o‘zaro o‘yinlarda safarda o‘ynagan jamoa g‘alaba qozongani e’tiborga molik. Navoiyda "Qo‘qon-1912" 1:0 hisobida yutgan bo‘lsa, Qo‘qonda "Qizilqum" 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan.

20:00 - “Paxtakor” – “Bunyodkor”
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Rahim Karimov
Nazoratchi: G‘ayrat Karimov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Vadim Abramov va Shota Arveladze to‘qnashuvi. Chempionatlar tarixida bu jamoalar 28 bellashuvda maydonga tushishgan. Ularning 10tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 9ta bahsda durang kuzatilgan. Yana 9ta bahsda "Bunyodkor" g‘olib bo‘lgan. Bir yil oldin ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahslar g‘alati bo‘lgan. Birinchi davradan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi "Paxtakor" stadionida o‘tkazilgan va unda nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Ikkinchi davradan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi esa "Bunyodkor" o‘yingohida tashkil etilgan hamda unda nominal mehmonlar, ya’ni "qaldirg‘ochlar" 3:2 hisobida zafar quchishgan. "Sherlar" 2019 yilgi mavsumda chempionatda bir bor mag‘lub bo‘lishdi va o‘sha mag‘lubiyat Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor"dan qabul qilingandi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Bugun Toshkent derbisi va "Qizilqum" Qo‘qonda mehmon bo‘ladi