11:05 / 28.06.2020
2 503

UFC. Dastin Pore Den Hukerni mag‘lub etdi

UFC. Dastin Pore Den Hukerni mag‘lub etdi
Foto: Kris Unger
28 iyun, yakshanba tongida Las-Vegas shahrida UFC on ESPN 12 musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasida vaqtinchalik sobiq chempion Dastin Pore (26-6) va Den Huker (20-9) o‘rtasida kechdi.

Shiddatli kechgan bellashuvda Dastin Pore hakamlarning qarori bilan g‘olib deb topildi. U birinchi raundda 48-47, ikkinchisida 48-47, uchinchisida esa 48-46 hisoblari bilan raqibidan ustun keldi. Shu tariqa Pore o‘zining 26-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Boshqa janglar natijalari:
Mayk Perri (14-6) bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan Mikki Gallni (6-3) mag‘lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28).
Moris Grin (9-5) uchinchi raundda Jan Villantedan (17-12) ustun keldi.
Brendan Allen (15-3) hakamlar qaroriga ko‘ra (29-28, 29-27, 30-27) Kayl Dokosni (9-1) mag‘lubiyatga uchratdi.
Julian Erosa (24-9) uchinchi raundda Shon Vudsonni (7-1) mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC. Dastin Pore Den Hukerni mag‘lub etdi