00:30 / 10.07.2020
3 008

Osiyo Chempionlar Ligasi sentabrdan davom ettiriladi. «Paxtakor» 10 kun ichida 4 ta o‘yin o‘tkazadi

Osiyo Chempionlar Ligasi sentabrdan davom ettiriladi. «Paxtakor» 10 kun ichida 4 ta o‘yin o‘tkazadi
Foto: «Paxtakor» matbuot xizmati
Osiyo Chempionlar Ligasi 2020 yilgi mavsumining qolgan o‘yinlari taqvimi tasdiqlandi va musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan tanaffusdan keyin qay tariqa o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, har ikki mintaqadagi qolgan o‘yinlar markazlashgan tartibda o‘tkaziladi. Ya’ni guruh o‘yinlari bir mamlakatda o‘tkaziladi. «Paxtakor» ishtirok etayotgan g‘arb mintaqasining guruh bosqichi bahslari sentabr oyida o‘tkaziladi. Sharqdagi uchrashuvlar esa oktabr oyiga mo‘ljallangan.

Shota Arveladze qo‘l ostidagi jamoa o‘n kun ichida (14—23 sentabr kunlari) guruh bosqichining qolgan to‘rtta o‘yinini o‘tkazadi. O‘yinlar qaysi mamlakatda bo‘lib o‘tishi noma’lum.

Taqvim bilan tanishing:

3-tur, 14 sentabr
«Al-Hilol» — «Paxtakor»

4-tur, 17 sentabr
«Paxtakor»— «Al-Hilol»

5-tur, 20 sentabr
«Shabob al-Ahli» — «Paxtakor»

6-tur, 23 sentabr
«Shahr Xodro» — «Paxtakor»

1/8 final, 26 va 27 sentabr
Chorak final, 30 sentabr
Yarim final, 3 oktabr
Final, 5 dekabr

Eslatib o‘tamiz, dastlabki ikki turdan so‘ng «Paxtakor» klubi 6 ochko jamg‘argan holda Saudiyaning «Al-Hilol» jamoasi bilan birgalikda peshqadam bo‘lib turibdi. Musobaqa koronavirus tufayli to‘xtab qolgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Chempionlar Ligasi sentabrdan davom ettiriladi. «Paxtakor» 10 kun ichida 4 ta o‘yin o‘tkazadi