23:48 / 12.07.2020
2 523

1:8: “Energetik-BGU”ni Yaxshiboyev ushlab turgan ekanmi? Jasursiz jamoa sharmanda bo‘ldi

1:8: “Energetik-BGU”ni Yaxshiboyev ushlab turgan ekanmi? Jasursiz jamoa sharmanda bo‘ldi
Belarus chempionatining 17-turida Jasur Yaxshiboyevning sobiq jamoasi “Energetik-BGU” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Chempionatning o‘rtamiyona jamoalaridan “Rux”ni qabul qilgan “talabalar” asosiy tarkib bilan to‘p surganiga qaramay, amalda 1:8 hisobida yengildi. Mezbonlar tarkibida hamyurtimiz Shahboz Umarov 50 daqiqa o‘ynadi.

“Energetik-BGU” asosiy kuchi – Jasur Yaxshiboyev va Devid Tveni boshqa jamoaga berib yuborgani minskliklarga qimmatga tushadigan ko‘rinadi. Jamoa tarkibida ularning o‘rnini bosadigan futbolchi ko‘rinmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 1:8: “Energetik-BGU”ni Yaxshiboyev ushlab turgan ekanmi? Jasursiz jamoa sharmanda bo‘ldi