17:30 / 29.07.2020
2 846

Imomxo‘jayev: G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak

Imomxo‘jayev: G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak
Bugun OFK musobaqalar: OCHL uchun bizga 1+1, OFK kubogi uchun 1 yo‘llanma ajratgani borasida xabar bergandik.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi o‘zining sahifasida OFK kubogiga jiddiy e’tibor qaratilishi kerakligi, uning ortidan moddiy mablag‘ jamg‘arish mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bayon qildi.

- OFK 2021 yilgi xalqaro maydonlari uchun klublarimizga 1+1+1 ko‘rinishida kvota taqdim etdi. Demak:
  • Coca Cola Superliga chempioni — OCHL guruh bosqichida o‘ynaydi.
  • Coca Cola kubogi g‘olibi — OCHL pley-offda ishtirok etadi.
  • Coca Cola Superliga vitse-chempioni — OFK kubogi guruh bosqichi, agar...

...agar Coca Cola kubogi g‘olibi OCHL guruh bosqichiga yo‘l olsa. Ololmasa, uning o‘zi OFK kubogi guruh bosqichida o‘ynaydi, Coca Cola Superliga vitse-chempioni esa xalqaro maydonsiz qoladi.

Har qanday holatda ham klublarimiz uchun OFK kubogini yutish imkoniyati sezilarli ko‘p. G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak, - dedi Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Imomxo‘jayev: G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak