22:25 / 07.10.2020
3 370

Vadim Abramov - Oston O‘runov, Sardor Rashidov va Eron bilan o‘yin haqida

Vadim Abramov - Oston O‘runov, Sardor Rashidov va Eron bilan o‘yin haqida
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Eron bilan ertangi o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Yaxshi raqib, yaxshi o‘yin kutyapmiz. Ko‘p futbolchilarimizni anchadan buyon o‘yinda ko‘rganimiz yo‘q, ular ayni paytda qanday holatda ekanligini ko‘rmoqchimiz. Bunday kuchli raqib bilan bahsda futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olamiz", - deydi Abramov.

- Oston O‘runov bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritsangiz...
- O‘runov klubida kichik jarohati bilan o‘ynagan ekan. Biz tavakkal qilmadik. Terma jamoada o‘ynasa uni og‘irlashtirib olishi mumkin. Agar O‘runov jarohatini og‘irlashtirib olib "Spartak"da ham o‘ynamasa barcha uchun yomon bo‘lardi.

- Krimetsga nima bo‘ldi?
- U mashg‘ulotda mushaklarini tortib oldi. Shifokor mikrojarohat deb aytdi. Qatardagi maydonlar qattiqroq, bu yerdagi maydon esa yumshoqroq. Shu bois mashg‘ulot vaqtida tezlik olganda kichik jarohat oldi. U o‘ynay olardi, ammo tavakkal qilmadik.

- Sardor Rashidov nima uchun yig‘inga chaqirilmagani qiziqtirmoqda...
- Bilasizmi, bizda uning joyida o‘ynaydigan ko‘plab futbolchilar bor. Yaxshiboyev, Bozorov, Turg‘unboyev... Bundan tashqari ushbu yig‘indan oldin Rashidov bilan bog‘langanimizda o‘ziga yangi klub qidirayotganini ma’lum qildi. Shu bois unga xalal bermaslikka qaror qildik.

- Bu yig‘inga ham yangi darvozabonni chaqirdingiz. Rahimjon Davronov ilk bor chaqirildi...
- To‘g‘ri aytdingiz, har yig‘inda yangi posbonni chaqirayapmiz va ular bilan tanishyapmiz. Mashg‘ulotlar vaqtida darvozabonlarning imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapmiz. Bo‘lajak posbonlarning imkoniyatlariga baho beryapmiz, - deydi Abramov.

Narzulla Saydullayev suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov - Oston O‘runov, Sardor Rashidov va Eron bilan o‘yin haqida