date

“Manchester Yunayted”ga qarshi bahs oldidan “Siti”da quvonchli yangilik

“Manchester Yunayted”ga qarshi bahs oldidan “Siti”da quvonchli yangilik

Angliya premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan yirik derbi – “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi bahs oldidan muxlislarni quvontiruvchi yangiliklar paydo bo‘ldi.

Avvalroq “shaharliklar” tarkibida katta yo‘qotishlar haqida turli mish-mishlar tarqalgandi. Biroq so‘nggi soatlarda klub mashg‘ulotlari orqali ma’lum bo‘ldiki, bir qator futbolchilar safga qaytgan.

Xususan, Savino, Fil Foden, Yoshko Gvardiol, Riko Lyuis, Niko Orayli, Kalvin Filips, Markus Bettinelli va Abduqodir Husanov qaytadan jamoa mashg‘ulotlarida ko‘rindi. Bu esa derbi oldidan jamoa murabbiyi Pep Gvardiolani katta darddan qutqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Brayton”ga qarshi kechgan bellashuvda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Shuning uchun u “CAFA” musobaqasini ham o‘tkazib yuborgan edi. Endi esa yosh himoyachi sog‘lom holda jamoaga yordam berishga tayyorlanmoqda.

“Siti”ning asosiy tarkibiga qaytayotgan futbolchilar derbida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Chunki “Yunayted”ga qarshi o‘yin nafaqat ochkolar, balki shahar sharafi uchun ham muhim hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs oldidan “Siti”da quvonchli yangilik