date

“Siti” va “Yunayted” derbi arafasida katta yo‘qotishlarga duch keldi

“Siti” va “Yunayted” derbi arafasida katta yo‘qotishlarga duch keldi

Angliya futboli muxlislari, tahlilchilari va ekspertlari xalqaro tanaffusdan so‘ng Premer-liganing qaynoq uchrashuvlari qaytadan start olishini katta intiqlik bilan kutishmoqda. Ushbu turda eng ko‘p e’tiborni jalb qilayotgan bahslardan biri — shubhasiz, Manchester derbisi.

“Etihad” stadionida bo‘ladigan bu to‘qnashuvda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi. Jozibali va ta’sirchan o‘yinlar bilan millionlab muxlislarni o‘ziga rom etib kelayotgan derbi bu gal ham qattiq kurash va baland kayfiyat urinishlari bilan o‘tishi kutilyapti.

Hozirgi vaziyatda har ikki klubning holati ham unchalik ham ma’qul emas. “Siti” bir g‘alabadan keyin ketma-ket ikki bor mag‘lubiyatga uchradi va endi uchinchi yirik sinovini qabul qilmoqda. “Yunayted” esa dastlabki uch turda turli natijalar qayd etdi — mag‘lubiyat, durang va oxirgi turda qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilgan g‘alaba.

Jarohatlar va yo‘qotishlar

Taniqli “mirror.co.uk” nashri ta’kidlashicha, xalqaro tanaffusdan keyingi ilk derbi arafasida har ikki jamoada ham jarohatlar ro‘yxati katta. Umumiy hisobda 13 nafar futbolchi muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Manchester Siti”da vaziyat yanada og‘ir:

  • Umar Marmush — Misr termasi safida o‘ynaganda tizzasidan og‘ir jarohat oldi va derbini o‘tkazib yuboradi.
  • Rayan Sherki — yozda jamoaga kelgan yarim himoyachi sonidan jarohat olgan va ikki oygacha safdan chiqqan.
  • Fil Foden va Savino — “Brayton”ga qarshi bahsda o‘ynamagan. Ularning holati haqida Gvardiola matbuot anjumanida aniq aytib o‘tadi.
  • Mateo Kovachich va Kelvin Fillips — uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum.
  • Jon Stounz — terma jamoa yig‘inidan qaytarib yuborilgan. Derbida maydonga tushishi katta shubha ostida.
  • Abduqodir Husanov — “Brayton”ga qarshi bahsda jarohat oldi, ammo undan so‘ng tiklanish ishlarini olib bordi. Derbida ishtirok etish ehtimoli yuqori.
  • Yoshko Gvardiol — mavsum boshidan beri maydonga tushmagan va hali tayyor emas.

“Manchester Yunayted”da yo‘qotishlar biroz yengilroq:

  • Lisandro Martines — tizzasidagi jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonida.
  • Diogu Dalot — mushak og‘rig‘i sabab terma yig‘inidan oldinroq ketdi, derbida maydonga chiqmasligi mumkin.
  • Meyson Maunt va Mateus Kunya — avvalgi bahsda shikast olishgan. Biroq Kunya mashg‘ulotlarga kirishganini ijtimoiy tarmoq orqali ko‘rsatdi.

Taassurotlar va kutishlar

Shu tarzda derbi arafasidagi jarayonlarda jarohatlar har ikki klubning bosh og‘rig‘i bo‘lib turibdi. “Siti”da asosiy futbolchilardan bir nechtasi qatnasha olmasligi jamoa uchun jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin. Biroq Abduqodir Husanovning maydonga qaytishi muxlislarga umid uyg‘otyapti.

“Yunayted” esa bir qator yo‘qotishlarga qaramay, asosiy tarkibni shakllantirish imkoniyatiga ega. Bu derbini nafaqat Manchester ahli, balki butun dunyo futbol ixlosmandlari ham sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, katta qiziqish uyg‘otgan “Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi 14 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Siti” va “Yunayted” derbi arafasida katta yo‘qotishlarga duch keldi