date

Braziliya JCH-2026 saralashida tarixiy antirekord qayd etdi

Braziliya JCH-2026 saralashida tarixiy antirekord qayd etdi

Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichini o‘ziga xos tarzda yakunladi. "Selesao" Janubiy Amerika mintaqaviy saralash bosqichida barcha 18ta bahsda ishtirok etib, 28 ochko jamg‘ardi va 5-o‘rin bilan final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu ko‘rsatkich – 10ta jamoa ishtirok etgan oltita saralash jarayonidagi eng yomon natija sifatida tarixda qoldi.

Ma’lumot uchun, Braziliya bunga qadar eng past ko‘rsatkichini JCH-2002 saralashida qayd etgandi. O‘shanda ular 3-o‘rin bilan musobaqaga chiqib, so‘ngra turnir chempioniga aylanishgan.

Pentakampionlar to‘rt marta saralash bosqichlarini birinchilikda yakunlagan: JCH-2006, JCH-2010, JCH-2018 va JCH-2022-yillarda ular raqobatchilarini ortda qoldirgan. Shu bilan birga, JCH-1998 saralashida amaldagi chempion sifatida, JCH-2014da esa mezbon sifatida ishtirok etmagan.

JCH-2026 saralash bosqichida Braziliya jamoasi boshida ikki murabbiy – Fernando Diniz va Dorival Junior bilan harakat qildi. Biroq bu yil may oyida italiyalik tajribali mutaxassis Karlo Anchelotti jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Shu tariqa, "selesao" saralashdagi o‘ziga xos antirekordga qaramay, yana bir bor jahon chempionati final bosqichida maydonga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Muxlislar esa endi Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi yangi Braziliya qanday ko‘rinish olishini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliya JCH-2026 saralashida tarixiy antirekord qayd etdi