
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasining 3-turida «Brayton»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin jamoaning mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mutaxassisga ko‘ra, ikkinchi gol aynan raqibning tezkor hujumchilari sabab kiritildi:
— Biz ikkinchi to‘pni raqib futbolchilarning juda chaqqon harakatlari orqali o‘tkazib yubordik. Ular haddan tashqari tezlik bilan oldinga chiqishdi.
Gvardiola shuningdek, himoyachi Abduqodir Husanov haqida alohida to‘xtalib o‘tdi:
— Balki Husanov o‘sha vaziyatni qaytargan bo‘lardi. Chunki u juda tezkor va epchil futbolchi. Lekin afsuski, u mushaklaridan jarohat oldi va bahsni davom ettira olmadi. Menimcha, unda jiddiy muammo yo‘q, barchasi joyida bo‘ladi, — dedi ispaniyalik murabbiy.
Gvardiolaning ushbu fikrlari «shaharliklar» muxlislari orasida ham qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilikning aytishicha, Husanovning zaxiraga olinishi jamoa himoyasini ancha sustlashtirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.