«Real Madrid» matbuot xizmati jamoa a’zolari orasida qiziqarli savol o‘tkazdi. Savolning mazmuni oddiy: «Qaysi futbolchi jamoada eng zamonaviy uslubda kiyinadi?»
Birinchi bo‘lib Bellinghem javob berdi va «Alaba»ni ko‘rsatdi. Dani Sebalos esa «Karvaxal»ni tilga oldi. Raul Asensioning fikricha, bu — «Sebalos».
Angliyalik Trent Aleksander-Arnold ham Alabani ta’kidladi. Rodrigo esa avvalo hazil qilib: «O‘zim», dedi va keyinchalik «Kamavinga»ni tanladi. Vinisius esa «O‘zim», deb javob qaytardi.
Militao: «Jamoada bir necha futbolchi bor, ammo men o‘zimni ikkinchi o‘rinda deb hisoblayman», – deya fikr bildirdi. Kamavinga esa «Birinchi navbatda o‘zim, keyin Vinisius va Alaba», deb ta’kidladi.
Shu zahoti Vinisius kulib: «Yo‘q, eng zamonaviyi Kamavinga. U ham menga ovoz bergan bo‘lsa kerak», dedi.
Shunday qilib, jamoada eng ko‘p ovozni Kamavinga va Alaba to‘pladi. Ular madridlik futbolchilar orasida zamonaviy uslubda kiyinishda yetakchi sifatida tan olindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!