date

JCH-2025da o‘zbekistonlik bokschilarning hal qiluvchi janglari ma’lum bo‘ldi

JCH-2025da o‘zbekistonlik bokschilarning hal qiluvchi janglari ma’lum bo‘ldi

Angliyaning Liverpool shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Endilikda chorakfinal va yarimfinal bosqichlari juftliklari ma’lum bo‘ldi. Ushbu bosqichlarda o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari ham munosib ishtirok etishmoqda.

Erkaklar o‘rtasida 8 nafar vakillarimiz medallar uchun harakatni davom ettirsa, ayollar o‘rtasida 4 nafar bokschi qizimiz ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ayollar qatorida Sabina Boboqulova chorakfinal bahsida o‘z mahoratni ko‘rsatishi mumkin. Qolgan uch nafar vakillarimiz esa yarimfinal bosqichiga yo‘l olgan. Xususan, Navbahor Hamidova xitoylik raqibi Nien-Chin Chen ustidan g‘alaba qozonsa, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, Feruza Kazakova va Aziza Zokirova ham hal qiluvchi bosqich uchun kurashishadi.

Erkaklar bahsida esa vaziyat yanada qiziq. Shodiyorjon Meliquziyev va Akmaljon Isroilov chorakfinal bosqichida o‘z baxtini sinasa, Abdumalik Xalakov, Fazliddin Erkinboev, To‘rabek Habibullaev hamda Jahongir Zokirov final yo‘llanmasi uchun jang olib borishadi.

75 kilogramm vazn toifasida esa alohida qiziq to‘qnashuv kutilmoqda. Bu bosqichda Fazliddin Erkinboev bir vaqtlar O‘zbekiston sharafini himoya qilgan, hozirda esa Ozarbayjon uchun ringga chiqadigan Saidjamshid Jafarovga qarshi jang qiladi. Jafarov JCh-2023da milliy jamoamiz safida kumush medalni qo‘lga kiritganini eslatib o‘tish joiz.

Quyida 12 va 13 sentyabr kungi janglar taqvimi bilan tanishing:

Ayollar. Chorakfinallar. 12 sentyabr

  • 48 kg: Sabina Boboqulova – Jovanni Marcheze (Italiya) / 16:15

Ayollar. Yarimfinallar. 12 sentyabr

  • 65 kg: Navbahor Hamidova – Nien-Chin Chen (Xitoy Taypeyi) / 22:45

13 sentyabr

  • 51 kg: Feruza Kazakova – Buse Naz Chaqiro‘g‘lu (Turkiya) / 22:00

  • 70 kg: Aziza Zokirova – Lekeysha Pergoliti (Avstraliya) / 23:00

Erkaklar. Chorakfinallar. 12 sentyabr

  • 50 kg: Shodiyorjon Meliquziyev – Sushiy Makino / 17:30

  • 85 kg: Akmaljon Isroilov – Rikardo Fresneda (Ispaniya) / 18:30

Erkaklar. Yarimfinallar. 12 sentyabr

  • 60 kg: Abdumalik Xalakov – Syunsuke Kitamoto (Yaponiya) / 23:30

  • 75 kg: Fazliddin Erkinboev – Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) / 00:15

  • 90 kg: To‘rabek Habibullaev – Enmanuel Reyes Pla (Ispaniya) / 00:45

  • +90 kg: Jahongir Zokirov – Danabike Bayikeyvuzi (Xitoy) / 01:00

13 sentyabr

  • 65 kg: Asadxuja Mo‘ydinxujaev – Lasha Guruli (Gruziya) / 18:45

  • 80 kg: Javohir Ummataliev – Gabriel Veochich (Xorvatiya) / 19:00

Eslatib o‘tamiz, Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova, Oltinoy Sotimbaeva, Humorabonu Mamajonova, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shavkatjon Boltaev chorakfinalda mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2025da o‘zbekistonlik bokschilarning hal qiluvchi janglari ma’lum bo‘ldi