10:56 / 25.10.2020
2 963

Habib Nurmagomedov boshqa jang qilmasligini aytdi

Habib Nurmagomedov boshqa jang qilmasligini aytdi
Habib Nurmagomedov Jastin Getji bilan jangda g‘alaba qozonib, UFC kamarini himoya qilgani haqida xabar qilingandi.
Nurmagomedov ushbu g‘alabasidan keyin bu uning so‘nggi jangi ekanligini e’lon qildi.

«Onam otamsiz jang qilishimni istamagandi, onamga bu mening oxirgi jangim bo‘ladi deb va’da bergandim. Men ham otam bilan birgalikda chempion bo‘lishni istagandim. Agarda ota-onangiz hayot bo‘lishsa, ularning yonida bo‘ling. Menda ularning biri qoldi. Men onamga ko‘proq vaqt ajratishni xohlayman», – dedi Nurmagomedov.

Nurmagomedov shu tarzda aralash yakkakurash yo‘nalishidagi yengilmas jangchi (29 g‘alaba) sifatida faoliyatini yakunladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov boshqa jang qilmasligini aytdi