08:28 / 22.11.2020
2 133

«Atletiko» Madridda «Barselona» ustidan g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa chiqib oldi

«Atletiko» Madridda «Barselona» ustidan g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa chiqib oldi
Foto: Twitter/LaLiga
Ispaniya chempionati 10-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Atletiko» o‘z uyida «Barselona» ustidan g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Ter Stegenning xatosidan keyin Karrasko tomonidan kiritilgan to‘p o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa Diyego Simeone Primerada ilk bor «Barsa» ustidan g‘alaba qozondi.

«Atletiko» ochkolarini 20taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Barselona» esa 11 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan.

La Liga, 10-tur
Atletiko – Barselona 1:0
21 noyabr, «Vanda Metropolitano»
Gol: Karrasko (45+3).
Atletiko – Oblak, Tripper, Ermoso, Savich, Ximenes, Saul, Karrasko (Felipe, 90+1), Felish (Lemar, 84), Lorente (Kosta, 73), Korrea (Kondogbia, 84), Koke.
Barselona – ter Stegen, Pike (Dest, 62), Langle, Alba, Roberto, Pyanich (Breytueyt, 83), de Yong, Pedri (Koutino, 57), Dembele, Grizmann (Trinkau, 83), Messi.
Ogohlantirishlar: Koke (9), Karrasko (26).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Atletiko» Madridda «Barselona» ustidan g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa chiqib oldi