08:56 / 24.12.2020
2 560

Ukrainalik mutaxassis Bektemir Meliqo‘ziyevning Kovalyovga qarshi imkoniyatlariga baho berdi

Ukrainalik mutaxassis Bektemir Meliqo‘ziyevning Kovalyovga qarshi imkoniyatlariga baho berdi
Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang borasida xorijlik mutaxassislarning ham fikrlari bilan qiziqib bormoqdamiz. Bu safar “Mir boksa” promouterlik kompaniyasining menejerlaridan biri ukrainalik Alik Frolovning jang borasidagi mulohazalarini taqdim etamiz.

- Bektemir - havaskorlar orasida nomdor bokschilardan biri hisoblanadi, u professional boksga o‘tganida birdan kuchli bokschilar bilan to‘qnash kelishni xohladi. Bunga biroz vaqt ketdi va hozir unda professional boks yulduzi bilan tushish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu jang oson bo‘ladi deb o‘ylamayman. Shunday bo‘lsa-da, Bekda g‘alaba uchun barcha sifat yetarli.

"Kim tavakkal qilmasa, u haqida hech kim hech narsa bilmaydi" - deganlaridek. Bu raqib ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng Bektemir haqida butun dunyo gapira boshlaydi. Bu Bek xohlagan narsa, bu barcha bokschilar xohlaydigan narsa. Bektemirda bunday imkoniyat bor
.

Eslatib o‘tamiz: Bektemir meliqo‘ziyev hamda Sergey kovalyov o‘rtasidagi jang 30 yanvar kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukrainalik mutaxassis Bektemir Meliqo‘ziyevning Kovalyovga qarshi imkoniyatlariga baho berdi