17:29 / 24.01.2021
2 539

“Zenit”ga g‘alaba keltirgan futbolchi: Aslida “Paxtakor” ustunlik qildi

“Zenit”ga g‘alaba keltirgan futbolchi: Aslida “Paxtakor” ustunlik qildi
Birlashgan Arab Amirliklarida Rossiya chempioni “Zenit” va O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Har ikki jamoa uchun ham yangi yildagi birinchi uchrashuvda rossiyaliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. O‘yinda dublga erishgan Andrey Mostovoy o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bu yig‘inda jismoniy holatimizni ko‘tarib olishimiz kerak. Mashg‘ulotlar yaxshi o‘tyapti. Uchrashuvda g‘alaba qozondik. Lekin o‘yinimizni yaxshilashimiz kerakligi ko‘rinib qoldi. Bahsda “Paxtakor” to‘pni ko‘p egallab turdi, ustunlik ular tomonda bo‘ldi. Shunga qaramay, biz yirik hisobda yutdik. Biz o‘yin davomida yaxshi harakat qila olmadik va charchab qolganimiz sezildi, - dedi Andrey Mostovoy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Zenit”ga g‘alaba keltirgan futbolchi: Aslida “Paxtakor” ustunlik qildi