22:39 / 24.01.2021
3 367

"Kalyari"ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

"Kalyari"ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?
"Jenoa" A Seriya 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvni so‘nggi pog‘onalarda borayotgan "Kalyari"ga qarshi o‘tkazdi. Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan raqibga qarshi dastlabki daqiqalardan yaxshi harakat qilgan genuyaliklar yakunda 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov 76-daqiqada zaxiraga olindi. Ungacha hamyurtimiz gol kiritilgan vaziyatda faol ishtirok etgan va bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan edi. Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" nashri esa hamyurtimizning harakatlarini 6,6 ball bilan baholadi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Kalyari"ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?