09:30 / 29.01.2021
2 235

Konor Makgregor UFC’dagi faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgani hisoblab chiqildi

Konor Makgregor UFC’dagi faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgani hisoblab chiqildi
Foto: The Sun
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-5) promoushendagi faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgani ma’lum qilindi. The Sports Daily ma’lumotlariga ko‘ra, Konor UFC’dagi 13 ta jangidan 20 million 102 ming dollar ishlab olgan.

Mazkur hisob-kitoblardan irlandiyalik sportchining faqat kafolatlangan gonorarlari va jang natijasidan olgan bonuslari o‘rin oldi. Televizion huquqlar sotilishidan tushadigan ulush va boshqa shunga o‘xshash daromadlar hisobga olinmagan.

Quyida Makgregor har bir musobaqada qancha mablag‘ ishlab topgani bilan tanishing:
UFC on Fuel TV (Markus Brimeyj) — 24 ming dollar
UFC Fight Night (Maks Hollouey) — 82 ming dollar
UFC Fight Night (Diyegu Brandan) — 82 ming dollar
UFC 178 (Dastin Pore) — 200 ming dollar
UFC Fight Night (Dennis Zifer) — 220 ming dollar
UFC 189 (Ched Mendes) — 580 ming dollar
UFC 194 (Joze Aldo) — 590 ming dollar
UFC 196 (Neyt Dias) — 1 mln 90 ming dollar
UFC 202 (Neyt Dias) — 3 mln 90 ming dollar
UFC 205 (Eddi Alvares) — 3 mln 90 ming dollar
UFC 229 (Habib Nurmagomedov) — 2 mln 980 ming dollar
UFC 246 (Donald Serrone) — 3 mln 60 ming dollar
UFC 257 (Dastin Pore) — 5 mln 20 ming dollar
Jami — 20 mln 102 ming dollar.

Eslatib o‘tamiz, Konor 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasining asosiy jangida Dastin Porega mag‘lub bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregor UFC’dagi faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgani hisoblab chiqildi