07:00 / 01.02.2021
2 062

"Nasaf" tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini yakunladi

"Nasaf" tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini yakunladi
Xabaringiz bor, “Nasaf” klubi yangi mavsumga o‘z qarorgohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugun “ajdarlar” chempionatga tayyorgarlik doirasida Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

Avvlo shuni aytish joizki, “Nasaf” mazkur yig‘indagi birinchi nazorat uchrashuvida Muborakning “Mash’al” jamoasi bilan kuch sinashgandi. “Gazchilar” jamoasiga qarshi kechgan har ikkala bahsda ham mehmonlar 0:1 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, “Dinamo” jamoasi bilan tashkil qilingan birinchi nazorat uchrashuvida hisob ochilmadi, ikkinchi nazorat uchrashuvida esa Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Shunday qilib, “Nasaf” a’zolari yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini yakunlashdi va qisqa ta’tilga chiqishdi. “Ajdarlar” 4 fevral kuni o‘z qarorgohida yig‘ilishadi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini yakunladi