20:32 / 09.03.2021
1 743

Superliga. AGMK "Lokomotiv" ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. AGMK  "Lokomotiv" ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Superliga yangi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlandi. Ilk o‘yin Olmaliqdagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tdi va unda AGMK Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qildi. Yuqori tempda davom etgan bellashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 3-daqiqada mezbonlar legioneri Elvin Fortes boshi bilan yo‘llagan zarbasi orqali hisobni ochdi. Bunga "temiryo‘lchilar" 35-daqiqada Sandar Qodirqulovning aniq zarbasi bilan javob qaytarishni uddaladi. Asosiy vaqt yakunlanishiga 15 daqiqa qolganida, Aleksandr Kasyan jamoasiga muhim 3 ochko keltirgan golni raqib darvozasiga kiritdi.

AGMK - "Lokomotiv" 2:1
Gol:
3 - Elvin Fortes 1:0, 37 - Sanjar Qodirqulov 1:1, 75 - Aleksandr Kasyan 2:1
AGMK: 1.Botirali Ergashev (32.Suhrob Sultonov, 40) - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov (29.Vladimir Kozak, 13), 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 22.Sanjar Shoahmedov - 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 90+2), 11.Murod Toshmatov.
Zaxira: 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 15.Abbos Otaxonov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov.
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov - 28.Shuhrat Muhammadiyev, 3.Islom Qobilov, 22.Diyego Bardanka, 94.Xurshid Muxtorov - 5.Kaxi Maxaradze️, 8.Javohir Sidiqov (7.Sadriddin Abdullayev, 66), 21.G‘ulomhaydar Gulyamov (9.Javohir Alijonov, 79) - 14.Azizbek Amanov (77.Diyor Turopov, 65), 10.Marat Bikmayev, 17.Sanjar Qodirqulov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, , 18.Ibrohim G‘anixonov, 37.Sherzod Fayziyev, 80.Farruh Ibrohimov.
Ogohlantirish: 5 - Sanjar Tursunov, 76 - Aleksandr Kasyan, 83 - Marat Bikmayev, 83 - Xurshid Muxtorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. AGMK "Lokomotiv" ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi