04:50 / 25.04.2021
3 002

Sensatsiya! Tojikistonning "Istiqlol" klubi "Al-Hilol"ni yirik hisob taslim etdi


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida o‘tkazilgan "Istiqlol" - "Al-Hilol" bahsi o‘z yakuniga yetdi. Unda tojikistonliklar 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Dastlab, Bafetimbi Gomis hisobni ochdi. Keyin esa "Istiqlol"ning javob to‘plari yog‘ila boshladi. Gollarning 2 tasiga Manuchehr Jalilov mualliflik qilgan bo‘lsa, yana 2 tasi Manuchehr Safarov hisobiga yozildi.
Ushbu g‘alaba orqali Dushanbe klubi o‘z guruhida peshqadamga aylanib oldi.

"Istiqlol" (Tojikiston) – "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 4:1 
Gollar:
Manuchexr Jalilov, 40', 44', Manuchexr Safarov 49', 53' – Bafetimbi Gomis 24' 
"Istiqlol": Rustam Yatimov, Aleksey Larin, Andrey Mishenko, Zoir Jo‘raboyev, Manuchexr Safarov, Axtam Nazarov, Nuriddin Davronov (Xurshed Jo‘rayev, 90+2), Shaxrom Sulaymonov, Alisher Jalilov (Ryota Nyoma, 79), Rustam Soirov (Vaxdat Xanonov, 90+2), Manuchexr Jalilov.
"Al Hilol": Abdulloh Al Mayyuf, Muhammad Al Burayk (Amir Kurdi, 46), Ali Xadi Al Bulayhi, Abdulloh Otayf (Solih Al Shehri, 55), Jang Xyun Su, Muhammad Kanno, Xatan Baxbri (Altires, 46, Al Davsari, 66), Lusiano Vetto, Andre Karilo, Bafetimbi Gomis
Ogohlantirish: Zoir Jo‘raboyev (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sensatsiya! Tojikistonning "Istiqlol" klubi "Al-Hilol"ni yirik hisob taslim etdi