22:50 / 25.04.2021
2 762

O, Eldor, sen juda tezkor ekansan!


Eldor Shomurodov A Seriyaning 27-turida “Jenoa”ning “Spetsiya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, chempionatdagi to‘rtinchi golini kiritdi. Debyut mavsum uchun yomon ko‘rsatkich emas.

Gol urilgan vaziyatda Eldor himoyachidan ortda turganiga qaramay, tezkorligi evaziga undan o‘zib ketdi va to‘pni egallab olib, mukammal zarba evaziga supergol urdi. Bu uning Italiyadagi gollari orasida eng chiroylisi bo‘ldi, deganlar ham ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Italiyalik muxlislar Eldor Shomurodovning ushbu golini qizg‘in muhokama qilmoqda. “Jenoa” ishqibozlarining ijtimoiy tarmoqlarda Shomurodov haqidagi fikrlarini jamlab e’tiboringizga havola qilishni lozim topdik.

Pippo Rossini: Shomurodovni jamoada saqlab qolish kerak, u “Spetsiya”ga ajoyib gol urdi va g‘alabani mustahkamladi. Eldor yuqori klassli hujumchi. 30 metr masofaga to‘pni olib o‘tib, gol urish ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi.

Mario Pasquali: Bugun Eldor yaxshi o‘ynadi, lekin har doim ham shunday harakat qilmaydi.

Pippo Rossini (Mario Pasquali fikriga javoban): Eldorga to‘g‘ri baho bera olish kerak. Chempionatning birinchi yarmida vaqtini moslashishga sarfladi. Hozir holati bilan avvalgisini solishtirib bo‘lmaydi. Uni mehnatiga yarasha baholaylik.

Dott Tini: Eldor yetuk futbolchi. Uning harakatlari menga ma’qul.

Stefano Nobile Debosh: Men Eldorning doimo boshlang‘ich tarkibda o‘ynashi tarafdoriman.

Franca Casareto: Eldor hurmatga loyiq!

Tuco Pacifico Benedicto Ramirez: Eldor, biz bilan qol!

Simonetta Pitto: Shomurodovdan super gol.

Andrea Croxatto: Ajoyib tezlik va mukammal zarba.

Giuliana Barisone: Eldor zo‘r gol urding, shunday davom et.

Thomas Mezzano: Eldorning tanqidchilari qanisizlar?

Marco Borrini: O, Eldor juda tezkor ekansan! Mehnating uchun rahmat.

Emiliano Invernizzi: Eldor, o‘yiningga 10 baho. Maqsad sari olg‘a!

Davide Delfino: Shomurodov – kamtar, samimiy, mehnatkash va juda iqtidorli yigit. Urgan goli uning iste’dodidan dalolat bermoqda.  Albatta, kuchli ligadagi ilk mavsumda pasayishlar ham, yuksalishlar ham bo‘ladi. Bu tabiiy hol. Men Eldorning ishonchga loyiq ekaniga aminman.

Stefania Fabrizio Riccio: Eldor chempionat yakunini bezab ber!

Stefano Nobile Debosh: Shomurodov kamtarin yigit. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u doim maydonda bo‘lishi kerak!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O, Eldor, sen juda tezkor ekansan!