08:30 / 01.06.2021
2 899

“Liverpul” 8 nafar futbolchining javobini beradi


“Liverpul” yozda yangi futbolchilarni sotib olish uchun mablag‘ topish maqsadida jamoaga aytarli foyda keltirmagan o‘yinchilarni transferga qo‘yishga qaror qildi.

Klub xo‘jayinlari sakkiz nafar futbolchini sotib, ularning transferidan 80 million funt ishlab olmoqchi.

Yurgen Klopp kelasi mavsumda yarim himoyachilardan Marko Gruyich, Takumi Minamino, Jerdan Shakiri, hujumchilardan Divok Origi va Harri Uilson, darvozabon Loris Karius, va Tayvo Avoni va Ben Vudborn kabi futbolchilarga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi.

“Liverpul” kelasi mavsum oldidan markaziy himoyachi va ko‘p gol ura oladigan hujumkor futbolchi olishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” 8 nafar futbolchining javobini beradi