18:18 / 06.06.2021
2 806

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi mamlakatdagi ob-havodan nolidi


Xabaringiz bor, kecha JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichining "D" guruhida Saudiya Arabistoni va Yaman terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda Saudiya yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Erve Renar quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Natijadan mamnunman. Biz kerakli bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik, bu eng muhimi. Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq gol urishimizni kutgandim, ammo issiq va nam ob-havo bir xilda o‘ynashga to‘sqinlik qildi. Qancha gol urishimizdan qat’i nazar, ish bajarildi.
Jahon chempionati haqida gapirishga hali erta. O‘yindan o‘yinga ishlashda davom etamiz. Men o‘z jamoamga ishonaman. Bizda yosh va tajribali futbolchilar bor
", - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni terma jamoasi navbatdagi o‘yinni Singapurga qarshi 11 iyun kuni o‘tkazadi. Ayni damda Renar shogirdlari 14 ochok bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi mamlakatdagi ob-havodan nolidi