08:00 / 16.07.2021
3 304

Ja’far Irismetov: "Derdiyokning o‘rniga boshqa hujumchi qidiryapmiz"


“Paxtakor” klubi ham yaqinda yozgi yig‘inni boshladi. Klub sport direktori tarkibdagi o‘zgarishlar haqida qisqacha shunday dedi:
- Yig‘inimiz pandemiya sababli bir kun keyinga surildi. Chunki test topshirgandik. Xudoga shukr, hammada yaxshi chiqdi. Mashg‘ulotlar qizg‘in ravishda davom etyapti.

Tarkibda o‘zgarishlar albatta bo‘ladi. Odil Hamrobekov qaytgan va biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashib turibdi. Odil bilan shartnomani yangilab olish borasida yana muzokaralar olib boryapmiz.

O‘zinglar bilasizlar, bizga hujumchi kerak. Derdiyok ketganidan keyin o‘rniga boshqa hujumchini qidiryapmiz. Xudo xohlasa, yangilik bo‘lib qoladi. Bu borada bir-ikkita o‘yinchilar bilan muzokara olib boryapmiz. Agar bu yil ololmasak, kelasi yili olishga harakat qilamiz, - dedi Irismetov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ja’far Irismetov: "Derdiyokning o‘rniga boshqa hujumchi qidiryapmiz"