15:30 / 26.08.2021
8 742

Shomurodov – eng xavfli hujumchi!

Shomurodov – eng xavfli hujumchi!
“Roma” futbolchilari UYEFA Konferensiyalar ligasi pley-off-bosqisi javob uchrashuvida “Trabzonspor” vakillarini qabul qiladi. Turkiyadagi birinchi uchrashuvda Joze Mourino shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va rimliklarga muhim g‘alaba keltirgan golni Ellor Shomurodov urgan edi.

Javob o‘yini oldidan “Roma” muxlislari jamoa g‘alabasiga va unda Eldor Shomurodovning xizmati katta bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.
Xalqaro miqyosdagi uchrashuv oldidan rimlik ishqibozlarning o‘zbek futbolchisi haqidagi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Gabriele De Iaco: Men g‘alabani his qilyapman. Qarshi hujumlarda futbolchilarimiz “Trabzonspor”ga 2-3 ta gol ura oladi. Shomurodov ham, Abraxam ham tezkor futbolchilar va ularning salohiyati juda yuqori ekanini ko‘rdik.

Alessandro Tolli: Menimcha, bu gal ham bizga g‘alabani birinchi uchrashuvda ikkinchi golni urgan hujumchi keltiradi. Eldor turkiyalik raqiblar darvozasiga yo‘l topib olgan. Hozir Shomurodov raqib uchun Abraxamga qaraganda ancha xavfli hujumchi.

Dario Aùrore (Alessandro Tolli fikriga javoban): Fikringga qo‘shilmay ilojim yo‘q. Umuman olganda, o‘zbek futbolchisi o‘z o‘yini bilan juda yaxshi taassurot qoldiryapti. U birinchi turda “Fiorentina”ga ham gol urishga yaqin edi. Omad yetishmadi xolos.

Massimiliano Pivetti: “Trabzonspor”ga qarshi ikkinchi o‘yinga Joze Mourino qaysi hujumchini tushurishi qiziqtiryapti. Bir tomondan Shomurodov birinchi o‘yinda gol urib g‘alabani ta’minladi, ikkinchi tarafdan Temmi Abraxam “Fiorentina” bilan bo‘lgan bahsda ikkita golli pas uzatdi.

Luis Corigliano: Men Shomurodovdan ham, Abraxamdan ham gol kutyapman. Ikki hujumchini ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirish kerak.

Andrea Schifano: Javob uchrashuvida turklar to‘pni nazorat qilish va hujumga e’tibor qaratadi va bu omil hujumchilarimizning yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Menimcha, boshlang‘ich tarkibda Abraxamni tushirish kerak. Angliyalik hujumchi faoliyati davomida Shomurodovdan ko‘p gol urgan.

Angelo Scariolo: Mourino va yangi futbolchilarimiz hayratga solmoqda. Shomurodov, Abraxam, Parisiu va Ibanesning kelishi jamoamizni kuchaytirdi.

Anna F. Ferone: Menimcha, ilk daqiqalardan Abraxamni o‘ynatib, keyin zaxiradan Shomurodovni tushirish kerak. Mana shu ideal variant. O‘zbek futbolchisi zaxiradan tushib ham zo‘r o‘ynay oladi. Buni u “Jenoa”da ham isbotlab qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov – eng xavfli hujumchi!