15:55 / 04.09.2021
2 028

O‘zbekiston jamoasi «ArMI—2021» xalqaro armiya o‘yinlarida 2-o‘ringa chiqib oldi (foto, video)

O‘zbekiston jamoasi «ArMI—2021» xalqaro armiya o‘yinlarida 2-o‘ringa chiqib oldi (foto, video)
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan jamoalar «ArMI—2021» xalqaro armiya o‘yinlarining «Elburs halqasi» va «Merganlar marrasi» musobaqalarida ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, «Elburs halqasi» musobaqasi Kabardino-Balkariya respublikasining Tereskol tumanidagi tog‘ tayyorgarligi markazi maydonida bo‘lib o‘tgan.

«Elburs halqasi» musobaqasi turli vazifalarni jamlagan 15 ta maxsus vazifani o‘z ichiga oladi. Musobaqada Xitoy, Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston, Armaniston, Abxaziya, Janubiy Osetiya, O‘zbekiston va Hindiston harbiy alpinistlar jamoalari tarkibida 90 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etgan.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
E’tiborlisi, bellashuvlar davomida kichik serjantlar To‘qliyev, Abdulhamidov va Ibragimov musobaqaning «Tog‘ to‘siqlar yo‘lagi»dan o‘tish shartini 12 daqiqa 58 soniyada bajarib, musobaqa rekordini yangiladi. Mazkur shart bo‘yicha oxirgi rekord 2020 yilda o‘rnatilgan edi – 14 daqiqa 16 soniya.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Shuningdek, jamoa tarkibi «Muzli hududdan o‘tish (chiqish)» maxsus vazifasini 11 daqiqa 37 soniyada bajarib, yana bir rekord o‘rnatgan. Bu bosqichdagi oxirgi rekord 2019 yili o‘rnatilgan edi – 12 daqiqa 10 soniya.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Shundan qilib, yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Rossiya jamoasiga, ikkinchi o‘rin O‘zbekiston harbiy alpinistlari jamoasiga va uchinchi o‘rin Qozog‘iston vakillariga nasib etgan.

Shuningdek, Vetnamning Xanoy shahrida joylashgan «Mey Mon» o‘quv poligonida «Merganlar marrasi» musobaqasi ham yakuniga yetgan.

Rossiya, Belarus, Vetnam, Venesuela, O‘zbekiston, Bangladesh va Laos kabi qator davlatlardan kelgan jamoalar «Individual hisob», «Juftlik hisobi», «Jamoaviy hisob», shuningdek, «Kim tezkor?» bosqichlari bo‘yicha o‘zaro bellashgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Rossiya va Belarusdan kelgan jamoalarni ortda qoldirib, musobaqaning faxrli ikkinchi o‘rinini qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin mezbon — Vetnam jamoasiga nasib etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Ta’kidlanishicha, xalqaro armiya o‘yinlarining 24 yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan O‘zbekiston hozirga qadar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda ketmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston jamoasi «ArMI—2021» xalqaro armiya o‘yinlarida 2-o‘ringa chiqib oldi (foto, video)