01:02 / 11.09.2021
2 999

Baxtiyor Ashurmatov: "Lutfulla To‘rayev men bilan teng bo‘lsa ham yosh deb yuribmiz"

Baxtiyor Ashurmatov: "Lutfulla To‘rayev men bilan teng bo‘lsa ham yosh deb yuribmiz"
“Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentda “Bunyodkor”ga imkoniyatni boy berganidan keyin qo‘qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Uchrashuvdan oldin ham yigitlarga “Bunyodkor” o‘z uyida yaxshi o‘yin namoyish qilishini ta’kidlab o‘tgandik. “Bunyodkor”ning ustunlik tomoni, ularda to‘p nazorati juda yaxshi. Mehmonda o‘ynashimizga qaramasdan ikkita hujumchi bilan maydonga tushdik. Lekin “Bunyodkor” birinchi bo‘limda kuchliroq o‘ynadi va standart vaziyatlardan ikkita gol urib ketdi. Raqibga bunday ustunlik berib o‘ynash qiyin. Yigitlarimiz oxirigacha kurashdi. Afsuski, uchrashuv oxirida birga-bir vaziyatdan foydalana olmaganimiz hech bo‘lmasa durangga erishishimizga to‘sqinlik qildi. Shuhrat aka Maqsudov hurmatga loyiq, yaxshi murabbiy. Ajoyib jamoa shakllantirgan.

Jamoamizga lider yetishmayapti. “Bunyodkor”da To‘rayev mahoratli. Tezkor bo‘lmasa-da, kerak paytda o‘yinni tezlashtiryapti. Bizning safimizda shunday o‘yinchi topilmadi. Yarim himoyada Rustamov, Malikjonov va Bekmurodov hisobiga jangovarlik va to‘plarni olib qo‘yish, qarshi hujumlarga o‘tishda ustunlik bo‘lardi. Ammo tarkibimizda Xolmuhammedov va Akbarov yo‘qligi sababli Rustamovni himoyaga qo‘yishga majbur bo‘ldik. To‘pni olib qo‘yishda ozgina oqsadik. Server Jeparovdan keyin terma jamoamizda ham bunday futbolchi yo‘q.

Xolmuhammedovni yo‘qligi o‘yinimizga ta’sir qildi. Bugungi mag‘lubiyatimizga yetakchilarimizni yo‘qligi sabab bo‘ldi, deb ayta olmaymiz. Jamoa tarkibi 23 nafar futbolchidan tashkil topgan. Muzaffar Abdullayevda ham jarohat bor. Ularni keyingi o‘yinga ham qatnashishi so‘roq ostida. Tezroq sog‘ayishini va safimizga qo‘shilishini tilab qolaman. Har bir futbolchimizni o‘z o‘rni bor.

Afsuski, Merzlyakov boshidan jarohat oldi. Keyingi o‘yingacha tayyor bo‘lsa o‘ynaydi, holatini endi bilamiz. U jangovar o‘yinchi. Lekin bugun maydonda qolish imkonsiz edi, boshi yaxshigina yorildi.

Har safar “Bunyodkor”ning tarkibi yosh deb ta’kidlab o‘tasizlar, lekin, menimcha Lutfulla To‘rayev men bilan teng. Erkinov, Ergashev, Abdurahmonov...Shu sababli oldin 18-19, nari borsa 20 yoshdagilar yosh hisoblanardi. Hozir 24-25 yoshga kirsa ham...yoki To‘rayev men bilan teng bo‘lsa ham uni yosh deb yuribmiz. Lutfulla kabi mahoratli futbolchilar baribir har bir jamoaga kerak. Ular jamoadoshlarini ruhlantirib turadi. Bizda bunday o‘yinchi Murod Xolmuhammedov bo‘lsa, ularda To‘rayev shunday vazifani bajaryapti. “Bunyodkor”ga keyingi o‘yinlarda ham omad tilayman. O‘z uyimizda kerakli ochkolarni qo‘lga kiritishimiz kerak. Bugun ham juda muhim o‘yin edi. Chunki bungacha “Bunyodkor”da 25, bizda 20 ochko edi. Agar yutganimizda yaqinlashib olardik. Afsuski, qimmatli ochkolarni yo‘qotdik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "Lutfulla To‘rayev men bilan teng bo‘lsa ham yosh deb yuribmiz"