Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng sardorlik bog‘ichiga kim munosibligi borasida hozirgacha bahs-munozaralar bo‘lmoqda.
Bosh murabbiy bu ishni Eldor Shomurodovga topshirgan. Ammo aksariyat insonlar sardorlik bog‘ichini Jaloliddin Masharipovga berilishi lozimligini ta’kidlamoqda. Jumladan, O‘FA terma jamoalar bo‘limining sobiq boshlig‘i Aziz Haydarov ham.
U “Sport” telekanalidagi ko‘rsatuvda terma jamoa sardorlik bog‘ichiga kim munosibligi haqida gapirdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori kim bo‘lishi kerakligi borasida hamma joyda gapirilmoqda. Men bu futbolchilaring ayrimlari bilan birga o‘ynaganman, ishlaganman, taniyman. Lekin fikrimcha, sardorlik bog‘ichini beriladigan ham, oladigan ham faqat Jaloliddin Masharipov, deb bilaman. Chunki uning gapini boshqalar eshitib, xulosa chiqarib, to‘g‘ri qabul qilishi mumkin. Biroq boshqa futbolchilarni bilmadim. Fikrimcha, Masharipov sardorlik bog‘ichini olsa, to‘g‘ri bo‘ladi, - dedi Aziz Haydarov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi