15:15 / 28.10.2021
809

Belgrad-2021: Bugun 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang o‘tkazadi

Belgrad-2021: Bugun 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang o‘tkazadi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Dastlab Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) AQSH vakili Jamal Xerliga qarshi jang o‘tkazadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 16:15dan so‘ng boshlanadi.

Og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov (+92 kg) eronlik Puria Amiri bilan jang o‘tkazadi. Bu jang taxminan 19:30dan keyin start oladi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) esa falastinlik Axmed Xarara bilan ringga chiqadi. Biz uchun kunning oxirgi jangi taxminan 22:50ga yaqin boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Belgrad-2021: Bugun 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang o‘tkazadi