
"Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida bergan intervyusi italiyalik jurnalistlar tomonidan noto‘g‘ri tarjima qilindi. Unga ko‘ra hamyurtimiz klubida asosiy tarkibda o‘ynashni xohlar edim, degan gaplarini xorijlik jurnalistlar asosiyda tushmasam “Roma”dan ketaman, deb talqin qilgan.
Ushbu holatga futbolchimiz instagramdagi sahifasida munosabat bildirib, bu orqali italiyalik jurnalistlarga murojaat qildi.
- Hammaga salom. Intervyularimdan biri noto‘g‘ri tarjima qilinganini ko‘rdim. Ya’ni agar "Roma"da o‘ynamasam, jamoadan ketaman, deb aytmaganman. Hech qachon bunday fikr bildirmaganman.
“Roma”ning bir qismi bo‘lganimdan xursandman. Har kuni mashg‘ulotlarda ko‘proq mehnat qilib, jamoadoshlarim va mister (murabbiy)ga yordam berishni xohlayman, - dedi Eldor Shomurodov.
Eldor ShomurodovRoma KlubiO‘zbekiston MilliyJurnalistlar MurojaatiNoto‘g‘ri TarjimaAsosiy Tarkib O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar