Pedri va Ferran Torres Real tarkibidan kimni tanladi

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri va hujumchi Ferran Torres mashhur El Hormiguero ko'rsatuvida mehmon bo'ldi. Suhbat chog'ida ulardan: agar imkon bo'lsa, «Real»dan qaysi bitta futbolchini «Barselona»ga olib kelardingiz, degan savolga javob so'raldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pedri tanlovini aniq aytdi: «Menimcha, Kilian Mbappe».
Torres ham sherigiga qo'shildi: «Ha, Mbappe».
«Real»ning fransuz hujumchisi joriy mavsumda yuqori natijadorlik ko'rsatmoqda: u 33 uchrashuvda 38 ta gol urib, 6 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
Hozirda Ispaniya La Ligasi jadvalida «Barselona» peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Real» esa bir ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing