Santos Ronaldu JCh-2026da o‘ynashi kerakmi degan savolga javob berdi

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santos Krishtianu Ronalduning jamoa uchun qanchalik muhim ekani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oy boshida «Al-Nasr» hujumchisi 41 yoshni qarshi oldi. OAVda esa yulduz futbolchi hozirgi holatida ham Portugaliya uchun qay darajada zarur ekani borasidagi bahslar tinmayapti.
«Ronalduni JChda asosiy tarkibda ko‘rish kerakmi? Har bir murabbiyning o‘z taktik qarashi bor. Agar Krishtianu yaxshi formaga kirib, eng yuqori jismoniy holatda bo‘lsa, u tabiiy tanlovga aylanadi — uning professionalligiga hali ham shubha yo‘q. U men bilan hech qachon faoliyatini yakunlash haqida gaplashmagan. Qarorni u o‘zi qabul qiladi, ammo men uning ketishiga hali ancha bor, deb umid qilaman», — deya Santosning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu JCh-2026 saralash bahslarida hozircha besh bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!