Strasbur ultraslari bannerlar mojarosi ortidan mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turi doirasida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan uchrashuv paytida «Stad de la Meno» stadionida tartibsizlik yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mojaroga mustaqil shaxslar guruhi tomonidan ultrao‘ng shiorlar yozilgan bannerlar yoyilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Manbaga ko‘ra, ular orasida hukumat tomonidan sentabr oyida tarqatib yuborilgan Offenders xuliganlar guruhi sobiq a’zolari ham bo‘lgan.
Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlagan bo‘lsa-da, keskinlik baribir to‘qnashuvga aylanib ketdi. Tribunada bunday mazmundagi bannerlar paydo bo‘lishiga qarshi bo‘lgan UB90 vakillari tartibni buzganlar bilan janjallashib qolgan.
Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar huquq-tartibot organlariga topshirilgan, holat bo‘yicha tekshiruv ketmoqda. Xabarlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!