G‘urbanov javob o‘yinida yanada ehtiyotkor bo‘lish kerak dedi

«Qorabog‘» bosh murabbiyi G‘urban G‘urbanov Chempionlar ligasida inglizlarning «Nyukasl» jamoasiga qarshi o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi. Qarama-qarshilikning ikkinchi o‘yini 24-fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, jamoa birinchi bahsni batafsil tahlil qilib chiqqan. «Javob o‘yinida yanada ehtiyotkor va mas’uliyatli bo‘lishimiz shart. Safarda o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bu turnirda bosqichlar oldinga siljigan sari raqiblar saviyasi ham oshib boradi», — dedi G‘urbanov UEFA rasmiy saytiga.
Ilk uchrashuvda «Nyukasl» «Qorabog‘»ni 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgandi. Musobaqaning umumiy bosqichida bu jamoalar mos ravishda 12- va 22-o‘rinlarni egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!