Zebo Rahimova ilk sovchi 12 yoshida kelganini,munosib yigit haqida talablarini aytdi

Bloger Zebo Rahimova intervyulardan birida shaxsiy hayoti va turmush qurishga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, ilk sovchi 12 yoshidayoq kelgan.
Zebo 18 yoshida ham bir yigit tomonidan sovchi qo‘yilganini esladi. Uning ta’kidlashicha, yigitning oilasi juda yaxshi taassurot qoldirgan, ammo yigitning o‘zi kutilgandek chiqmagan.
“Bizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan inson ekan”, deydi bloger. Shu voqeadan so‘ng ota-onasi o‘zlarini aybdor his qilgani va avvallari turmush o‘rtog‘ini o‘zlari tanlab berishmoqchi bo‘lganini aytdi.
Zeboning so‘zlariga ko‘ra, u vaqtlarda “kimni munosib deb topsak, shunga turmushga chiqasan” deyishgan. U esa bu fikrga qarshi chiqmagan, chunki kimnidir sevib qolishini tasavvur qilmaganini bildirgan.
Keyinchalik ota-onasi qarorni uning o‘ziga qoldirgan. “Qanday yigit bo‘lishi kerak?” degan savolga javoban Zebo aniq reja qilmaganini, ammo unga kerakli fazilatlar mavjud bo‘lsa, o‘sha inson bilan turmush qurishi mumkinligini aytdi.
Shuningdek, bloger tanlangan insonni albatta yaxshi ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, munosabatlarda mehr va o‘zaro tushunish eng muhim omil hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!