date

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Kon'yaspor bilan kutilmagan mag'lubiyatdan keyin Galatasaray ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manba qayd etishicha, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermayotgani matbuot va muxlislar e'tiborini yanada kuchaytirdi.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolganini ta'kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkosi va zaxirada bir uchrashuvi bor Fenerbahche yaqin ta'qibchi sifatida yetib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi