Bavariya Flikni tabriklab, unga ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qildi

Xans-Diter Flik “Barselona”ni La Liganing navbatdagi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Kataloniyaliklar fevral oyining so‘nggi kunida “Vilyarreal”ni qabul qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshga to‘ladi. Shu munosabat bilan “Bavariya” klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Flikka qisqa tabrik yo‘llandi: “Tug‘ilgan kuning bilan, Hansi”.
Flik 2019–2021 yillarda Myunxen jamoasini boshqargan. Uning davrida “Bavariya” ikki marta Bundesligani yutdi, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati trofeylarini qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing